[S] >  [Sardor Mamadaliyev Şarkı Sözleri] > Bo'ri Şarkı Sözü
Sponsored Links

Sardor Mamadaliyev - Bo'ri

Gönderen:cekogzm
Eklendi:
Yeni Şarkı Eklemek İçin Tıklayın Şarkı Ekle      Hata DüzeltHata Düzelt
Bo‘ri bo‘lsang, bo‘riday bo‘l!
Bo‘rilarning zo‘riday bo‘l!
Gar uvlasang, ko‘kdan yulduz to‘kilsin!
Ohularning jon choklari so‘kilsin!
Agar bunday qila olmasang,
Unda itga cho‘riday bo‘l!

Burgut bo‘lsang, burgut bo‘lgin!
Qanot yozsang, ko‘kka to‘lgin!
Osmon sendan shiddat kutar,
Changalingda tog‘ni ko‘tar!
Agar shunday qila olmasang,
Unda tamom unut bo‘lgin!

Yigit bo‘lsang, yigit bo‘lgin!

[ reklamı gizle / hide ads ]
Bo‘ri, ham sher, burgut bo‘lgin!
Har bir so‘zing qasaming bo‘lsin!
Mag‘rib, mashriq qadaming bo‘lsin!
Agar shunday bo‘la olmasang,
Bir so‘z dema, sukut bo‘lgin!

Odam bo‘lsang, odamiy bo‘lgin!
Ahli iymon hamdami bo‘lgin!
Yaxshilarning yaxshisi bo‘lgin!
Yaxshilikning baxshisi bo‘lgin!
Agar shunday bo‘la olmasang,
Bu dunyoning bir kami bo‘lgin!

Bo‘ri bo‘lsang, bo‘riday bo‘l!
Bo‘ri bo‘lsang, bo‘riday bo‘l!
© 2003-2024 www.alternatifim.com/ Her Hakkı Saklıdır.